TOShKENT, 7-mart — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati fuqarolari Shtatlarga kirishi taqiqlangan mamlakatlarning yangi ro‘yxatini tayyorlamoqda, bu safar unda Afg‘oniston ham bo‘lishi mumkin, deb yozadi “New York Times” xabardor rasmiylarga tayanib.
“Tramp ma’muriyati ma’lum mamlakatlar fuqarolari uchun AQShga sayohat qilish bo‘yicha yangi taqiq ishlarini yakunlamoqda, bu ro‘yxat Tramp o‘zining birinchi muddatida kiritganidan ham kengroq bo‘ladi”, — deb yozadi nashr.
Rasmiylardan birining aytishicha, taklif etilayotgan “qizil ro‘yxat” hozirda asosan ro‘yxatning birinchi versiyasida bo‘lgan davlatlardan iborat. Ular orasida Kuba, Eron, Liviya, KXDR, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman bor. Boshqa bir manbaga ko‘ra, fuqarolari AQShga kirishi qat’iyan man etiladigan guruhga Afg‘onistonni qo‘shish oldindan taklif qilinmoqda.