O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan keyingi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 7-mart — Sputnik. Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Istoricheskaya pobeda ot nashix xokkeistov!
Istoricheskaya pobeda ot nashix xokkeistov!
Tailandda xokkey bo‘yicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatining III divizion, “B” guruhidan o‘rin olgan bahslar yakunlandi. Dunyo birinchiligida ilk bor qatnashgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan keyingi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Istoricheskaya pobeda ot nashix xokkeistov!
Guruhdagi so‘nggi o‘yinda O‘zbekiston yoshlari mezbonlarni 3:2 hisobida dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Istoricheskaya pobeda ot nashix xokkeistov!
Ushbu g‘alaba O‘zbekiston jamoasiga kelasi yili III divizionning “A” guruhida qatnashish imkoniyatini taqdim etdi.
Bugun o‘zbek xokkeyida tarixiy kun