Moskva viloyatida O‘zbekiston tarixi namoyish etilmoqda

Mazkur loyiha O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Moskva viloyati hukumati ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7-mart — Sputnik. Moskva viloyati markaziy ko‘chalaridagi katta ekranlarda O‘zbekiston haqidagi videolavhalar namoyish etilmoqda, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Xususan, joriy mart oyidan boshlab Moskva viloyati shaharlari markazlaridagi eng gavjum chorrahalarda, sayyohlar eng ko‘p keladigan mashhur maydonlardagi ekranlarda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati va zamonaviy qiyofasiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyishi yo‘lga qo‘yildi.
Na monitorax Moskovskoy oblasti demonstriruyetsya videorolik o turisticheskom potensiale Uzbekistana
“O‘zbekistonga xush kelibsiz” shiori ostidagi lavhalarda Moskva viloyati aholisi va mehmonlari e’tiboriga O‘zbekistondagi qadimiy obidalar, dunyoga mashhur masjidlar, madrasalar va minoralar hamda Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlar haqidagi muhim ma’lumotlar taqdim etilyapti.
O‘zbekiston haqidagi videomateriallar mart oyi davomida 24 soat ushbu ekranlar orqali ko‘rsatiladi. Mazkur loyiha O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Moskva viloyati hukumati ko‘magida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonga Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimi oshiriladi