Yirik marketpleyslardan biri O‘zbekistonga 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Devushka s bankovskoy kartoy i noutbukom. Arxivnoe foto
Soliq qo‘mitasi: elektron tijorat subyektlari faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Rossiyaning "Wildberries" elektron savdo platformasi tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, qo‘mita elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

“Wildberries" marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024 yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, faoliyatni O‘zbekiston qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e’tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.
O‘zbekistonda elektron tijoratning yangi qoidalari: nimalar o‘zgaradi?
Devushka s bankovskoy kartoy i noutbukom. Arxivnoe foto
“Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi — Soliq qo‘mitasi