O‘zbekiston Tojikiston bilan geologiya-qidiruv ishlarini olib boradi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Tojikistonda bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Tojikiston Bosh geologiya boshqarmasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston boshqarma matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Uchrashuvda geologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham to‘xtaldi.
Tojikiston bosh geologiya boshqarmasi O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi 8-martga qadar davom etishini qayd etdi. Ekskursiya doirasida mehmonlar geologiya-qidiruv obyektlari va Geologiya muzeyiga tashrif buyurishadi.
“O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik to‘g‘risida protokol imzolash rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Toshkentda Markaziy Osiyoning tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchilari uchrashdi — tafsilotlar