TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston tomonidan Memorandumni Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Botirbek Isabekov, Rossiya tomonidan esa Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya imzoladi.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
“RJD-Meditsina” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari ishtirokida “Missiya Dobro” xalqaro ko‘ngillilar dasturini tashkil etish;
“STIMUL” (“Yangi avlod” dasturi) sog‘liqni saqlash sohasida yosh yetakchilar xalqaro maktabida toshkentlik shifokorlarning ishtirokini ta’minlash;
Yosh shifokorlarni Rossiyadagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga o‘qish va malakasini oshirishga yuborish va boshqalar.