TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Bokuda “O‘zbekneftgaz”, SOCAR, “KazMunayGaz” va “Tatneft” o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandumlar imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati habar berdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov, Qozog‘istonning “KazMunayGaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Asxat Xasenov va O‘zbekiston “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqovni qabul qildi.
Ilxam Aliyev prinyal rukovoditeley kompaniy "Tatneft", "KazMunayGaz" i "Uzbekneftegaz"
© Ofitsialniy sayt Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki
Muloqot chog‘ida mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatdagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu format kompaniyalarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va birgalikda harakat qilish guruhlarini yaratish, raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minot sohasida ishlarni optimallashtirish, qo‘shma xaridlarni tashkil etish, shuningdek, turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.
Mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari rahbarlari energetika sohasida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va xaridlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.
Uzbekneftegaz, kazaxskiy KazMunayGaz, rossiyskaya Tatneft i azerbaydjanskaya SOCAR podpisali chetirexstoronnie memorandumi o sotrudnichestve
© Informatsionnaya slujba AO "Uzbekneftegaz"
“Xalqaro konferensiya doirasida neft va gaz sanoatida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va texnologik avariyalarning oldini olish bo‘yicha qator muhim kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlar kompaniyalarning zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishi va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.