TOShKENT, 1 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Mirziyoyevga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Rossiya yetakchisining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, shu jumladan qurilish tarmog‘ida va hududlarni rivojlantirish sohasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qurilish sohasida keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish shunday loyihalar jumlasidan.
Prezident Uzbekistana prinyal zamestitelya Predsedatelya Pravitelstva RF.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.