TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkentda Diyora Keldiyorova dzudo sport klubi faoliyatini boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtdagi 17-umumta’lim maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova dzudo sport klubi zalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Xalqaro dzudo federatsiyasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari, mamlakat dzudo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Nachal svoyu deyatelnost sportivniy klub po dzudo Diyori Keldiyorovoy
© NOK Uzbekistana
Nachal svoyu deyatelnost sportivniy klub po dzudo Diyori Keldiyorovoy
© NOK Uzbekistana
“Tadbir dzudo oilasi uchun o‘ziga xos bayramga aylandi”, - deyiladi xabarda.
Nachal svoyu deyatelnost sportivniy klub po dzudo Diyori Keldiyorovoy
© NOK Uzbekistana
Tadbirda so‘z olgan rasmiylar O‘zbekistonda dzudo rivoji alohida bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladi. Ushbu dzudo zal kelgusida Diyora Keldiyorova singari chempionlarni kashf etishini tilashdi.