TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Migratsiya agentligi tomonidan rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlardan o‘tishga mo‘ljallangan platforma ishga tushirildi.
“Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnoma (patent) shartlaridan biri bu - til sertifikati. Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid testlardan muvaffaqiyatli o‘tishingiz uchun Migratsiya agentligi tomonidan yaratilgan platforma sizga ko‘maklashadi!”, — deyiladi agentlik xabarida.
Platformada namunaviy test sinovlarini bajarib, bilimlarni sinab ko‘rish mumkin. Test sinovlari rus tili bo‘yicha bilimlaringizni baholash, imtihon savollari bilan tanishish hamda unga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Migratsiya agentligi tomonidan rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlardan o‘tishga mo‘ljallangan platforma ishga tushirildi.
© Agentstvo migratsii Uzbekistana
Masalan, birinchi test namunasida 20 ta mashq keltirilgan. Ulardan ikkitasi audio shaklda. Muloqotni eshitib, to‘g‘ri javobni tanlash mumkin. Barcha javoblar belgilangandan so‘ng, javoblarni tekshirish tugmasi bosiladi.
Umumiy hisobda 7 ta test namunasi orqali bilimlarni sinab ko‘rish mumkin.