“Nega sizlar (yevropaliklar – tahr.) muzlatilgan aktivlardan (Rossiyaning – tahr.) 200 milliard dollarni olib, yo‘q qilmaysizlar? Yevropaliklar: “biz buni qila olmaymiz”, deyishadi. Unda ovozingizni o‘chiring. Mana nima uchun sizga stolda (muzokaralar — tahr.) o‘rin yo‘q. Polsha chegarasiga 50 000 askar qo‘ymoqchi bo‘lmasangiz, unda ovozingizni o‘chiring. Bu mening Yevropa rahbarlariga shaxsiy xabarim", — dedi Krensho.
“Ukrainadagi vaziyat joylarda ham sezilarli darajada yomonlashdi. Shu bilan birga, Zelenskiyning yetakchiligi va qonuniyligi shubha ostiga qo‘yildi va fosh etilgan yirik korrupsiya vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Biroq, bularning barchasiga qaramay, G‘arb davlatlarining yordami hamon davom etmoqda. Bugun butun dunyo Kiyevni G‘arb pullari, G‘arb qurollari, G‘arb razvedkasi va G‘arb maslahatchilari qo‘llab-quvvatlayotganini biladi. Rossiya nafaqat Ukraina, balki G‘arb bilan ham urush olib bormoqda. Shuning uchun Ukrainadagi mag‘lubiyatni nafaqat Kiyevning, balki Brussel, Berlin, Parij va Londonning mag‘lubiyati deb ta’riflash to‘g‘riroq bo‘lardi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.