Toshkentda Pokiston bosh vaziri kutib olindi — foto

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qo‘shma rejalar diqqat markazida bo‘ladi.
Madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida yetakchilar O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etishadi.
O‘zbekiston va Pokiston uy tekstili yo‘nalishida qo‘shma loyiha boshlaydi — tafsilotlar