O‘zbekistonda xayriya marafoni o‘tkaziladi

Tashkilotchilar saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirokchilar masofani, shuningdek, yugurish uchun istalgan vaqt va marshrutni tanlashlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Samarkand Marathon" doirasida “Online Marathon” xayriya marafoni o‘tkaziladi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.
Bu har kimga masofani qulay vaqtda va o‘zi yoqtirgan marshrut bo‘ylab yugurish imkoniyatini beradi. Marafon shu yilning 24-fevralidan 24-martigacha tashkil etiladi. Ishtirok uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ishtirok etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
events.samarkandmarathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish;
masofani tanlash;
yugurish ilovasida qayd etish orqali yugurishni bajarish;
yugurish trekini maxsus botga yuborish - https://t.me/SamarkandMarathon_Bot.
Ishtirokchilarning yoshi va mavjud masofalar:
13 yosh va undan kattalar: 2 km (yugurish, skandinavcha yurish);
16 yosh va undan kattalar: 5 km, 10 km;
18 yosh va undan kattalar: 21,1 km, 42,2 km.
Ishtirok etish to‘lovi 50 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘ladi. Barcha tushum xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun: "Samarkand Marathon" – bu O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro xayriya poygasi. Poygalar mamlakatda madaniyat va san’at maskanlarini qamrab olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etishga xizmat qilmoqda.
Dilfuza Allayarova – sevimli o‘qituvchi va marafon bo‘yicha jahon chempioni