“Ota-onalar farzandini olib keladi va o‘ylashadi: qanday dars o‘tar ekan? Keyin bir-ikki marta o‘zlari kirib, dars faoliyatimni ko‘rganidan keyin xursand bo‘lishadi. Haqiqatdan ham yaxshi dars o‘tar ekan, deb menga iliq fikrlar bildirishgan”, - deydi u.
“Men shunday fikrdamanki, chet el qo‘shiqlarini eshitgandan ko‘ra, o‘zimizning maqom ashulalarimizni, ustozlar qoldirgan an’anaviy ashulalarni chiroyli qilib, sayqal berib aytsa, albatta, yoshlar ham tinglaydi”, – deydi Dodojonov.
“Men o‘ylaymanki, ustozning hech qachon shogird tanlashga haqqi yo‘q, chunki shogirdlar keladi. Ularning ustoz tanlashga haqqi bor. Lekin ustoz kelgan o‘quvchi bilan munosabatni qilib, ilk saboqni beradi. Agar o‘sha bolaning o‘zida qobiliyat bo‘lsa, oxirigacha olib ketadi. Yoki o‘zini boshqa sohada sinashga majbur bo‘ladi”, - deydi u.