O‘zbekiston va YeOII

YeOII: Dori vositalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi

Asosiy o‘zgarishlar tibbiy foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaning formatiga ta’sir qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi dorivor vositalardan tibbiy foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va dorivor vositalarning umumiy tavsifiga qo‘yiladigan talablarning yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy o‘zgarishlar tibbiy foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaning formatiga ta’sir qildi: foydalanilmagan bir qator bo‘limlar chiqarib tashlandi, bu esa iste’molchilarga ma’lumot berishni osonlashtiradi.
Talablarga, shuningdek, avval ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari uchun foydalanuvchi testlarini o‘tkazish zaruratini bartaraf etish maqsadida o‘zgartirishlar kiritildi.
Bu ularning bozorning ittifoq segmentiga o‘tishini soddalashtiradi va farmatsevtika ishlab chiqaruvchilariga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qoidalariga muvofiq ro‘yxatga olish ma’lumotlarini tayyorlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
O‘zbekiston va YeOII
Tadbirkorlar uchun YeOII va Kambodja bozorlariga kirish yaxshilanadi — YeIK