Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

Peregovori ministrov inostrannix del RF i Uzbekistana  S. Lavrova i B. Saidova
O‘zbekiston va AQSh ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzulari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston va AQSh ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzularini muhokama qildik”, - deydi Saidov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni ta’minlash kun tartibining asosiy qismidan o‘rin oldi.