TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmaguncha prezident bo‘lib qolish niyatida. Bu haqda u ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Kiyev rejimi rahbari o‘z mamlakati xavfsizlik kafolatlarini olmaguncha, Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilmaguncha, o‘z lavozimini tark etmasligiga shama qildi.
"Ammo bu sodir bo‘lmaguncha, men o‘z vatanimni himoya qilaman", — deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligini qo‘llab-quvvatlab, aholi orasida Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash darajasi pastligiga ishora qildi.
Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada yagona qonuniy hokimiyat parlament va Oliy Rada spikeri ekanligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina qonuniy yo‘l bilan prezident saylashni istasa, harbiy holat to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish kerak: uning ta’siri o‘tgan saylovlar natijalarini uzaytirishni anglatmaydi, "konstitutsiyada bu haqda hech narsa yo‘q".