Putin va Tramp muzokaralarining ehtimoliy sanasi ma’lum qilindi

Putin va Tramp muzokaralari fevral oyi oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar fevral oyi oxirigacha yoki keyinroq bo‘lib o‘tishi mumkin, dedi jurnalistlarga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskov Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar fevral oyi oxirigacha bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
“G‘arb matbuoti juda ko‘p yozmoqda, bizning OAV juda ko‘p yozmoqda... Balki bo‘lishi mumkin, balki bo‘lmasligi ham mumkin”, — deya qayd etdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSh muzokaralaridan so‘ng, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva va Vashington ikki davlat yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi uchun sharoit yaratish ustida ish olib borishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishini Vladimir Putin o‘zi hal qiladi.
Amerika tomoni bizning pozitsiyamizni yaxshiroq tushuna boshladi — Lavrov