TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Kaspiy beshligi mamlakatlariga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan yaqinlashishning afzalliklarini ko‘rib chiqishni taklif qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Mintaqada iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga Eronning YeOIIga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shilishi yordam bermoqda. Kaspiy beshligining boshqa a’zolarini YeOII bilan yaqinlashishning afzalliklari haqida o‘ylashga taklif qilaman”, — dedi Overchuk Tehrondagi uchinchi Kaspiy iqtisodiy forumida.
Hozirda YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. Moldova, O‘zbekiston, Kuba va Eron kuzatuvchi davlatlardir. Kaspiy beshligiga Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston kiradi.