Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Rossiya NATOga tahdid solayotganiga ishonmasligini aytdi

Gosudarstvennie flagi Rossii i SShA
Tramp Zelenskiyning Rossiya NATOga tahdid solayotgani haqidagi fikrlariga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya NATOga tahdid solayotganiga ishonmasligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Tramp Floridada jurnalistlarning Vladimir Zelenskiyning “Rossiya NATOga tahdid solayotgani haqidagi” bayonotlariga munosabat bildirdi. U o‘z so‘zida Rossiya NATOga tahdid solayotganiga ishonmasligini aytdi.

“Yo‘q, men bu fikrga qo‘shilmayman, hatto zarracha”, — dedi Tramp.

NBC telekanalining Amerika rasmiylariga tayangan holda xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukraina bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, so‘ngra har ikki tomon ishtirokida qo‘shma muzokaralar o‘tkazish niyatida.
Avvalroq Tramp Ukrainadagi mojaroni “tezda” hal qilmoqchi ekanini aytgan Putin bilan “tez orada” uchrashishini ma’lum qilgan edi.
Vstrecha glavi MID  S. Lavrova s gossekretarem SShA E. Blinkenom v Jeneve.
Rossiya va AQSh o‘rtasida ekspertlar uchrashuvi o‘tkaziladi