TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 18-fevral soat 14:00 da navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanining bu galgi mavzusi “Toshkent viloyatining turizm salohiyati: yangi loyihalar va rivojlanish istiqbollari”ga bag‘ishlangan.
Ishtirokchilar:
Toshkent viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid Toshpo‘latov;
Toshkent viloyati turizm boshqarmasining turizm sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Jahongir Eshonqulov.
Mutaxassislar yangi mavsumda Toshkent viloyatida qanday turizm loyihalari rejalashtirilgani haqida ma’lumot berishadi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.