TOShKENT, 16 fev — Sputnik. G‘arbning Minsk kelishuvlari bilan aldashlari Rossiya uchun saboq bo‘ldi, bu esa kelajakda o‘z manfaatlarini yaxshiroq himoya qilishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskov “Rossiya 1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvi jurnalisti Pavel Zarubinning Minsk kelishuvlari haqidagi savoliga javob berdi.
"Agar Germaniya kansleri iste’foga chiqqan va endi vaziyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi: "Biz hech narsa qilmoqchi emasdik, vaqt cho‘zishimiz kerak edi”, deb aytsa. Bu firibgarlik emasmi? Rus tilida bu aldash. Ammo bu biz uchun yana bir saboq, kelajakda o‘z manfaatlarimizni eng yaxshi himoya qilishimizga yordam beradigan yana bir tajriba bo‘lishi kerak”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv tayyorgarlik, kun tartibini belgilash va ishchi darajadagi dastlabki fikr almashish bo‘yicha alohida sa’y-harakatlarni talab qiladi.