O‘zbekiston MDHda folklor-etnografik festival o‘tkazishni taklif qildi

 V Xive startoval festival Lazgi
Festival Hamdo‘stlik mamlakatlari yoshlari o‘rtasida folklor san’atini keng targ‘ib etishni maqsal qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston “Xalq ijodiyoti karvoni” xalqaro folklor-etnografik festivalini o‘tkazishni taklif qildi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Respublika vakillari bu tashabbusni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi boshqaruvi qo‘shma majlisida ilgari surdi.
Uchrashuvda Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda tarixiy-madaniy mushtaraklik, ma’naviy an’ana va qadriyatlar, xalqlar o‘rtasidagi ishonchga asoslangan gumanitar soha ustuvorligi ta’kidlandi.
Kun tartibiga 20 dan ortiq savol kiritilgan.

“Qo‘shma yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston tomonining “Xalq ijodiyoti karvoni” xalqaro folklor-etnografik festivalini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini muhokama qildi. Festival Hamdo‘stlik mamlakatlari yoshlari o‘rtasida folklor san’atini keng targ‘ib etish, MDHga a’zo davlatlarning milliy madaniyatlari va nomoddiy madaniy merosi uyg‘unligi va xilma-xilligini saqlash va rivojlantirish, an’anaviy san’atni ommalashtirish va uning zamonaviy turmush tarziga integratsiyalashuvini ta’minlash, xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Baxshilar boshqa mamlakatlarda ham bormi va u qayerda o‘rgatiladi?
Respublikanskiy sentr iskusstv Baxshi
Oylab doston aytish yoki davradan chiqib ketish: o‘zbek baxshichiligi qanday rivojlangan?