TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ukraina Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AQSh-Rossiya muzokaralarida ishtirok etish uchun taklif qilinmagan. Bu haqda Fox News manbalarga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukrainlik yuqori martabali mulozim menga Ukraina tomoni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AQSh-Rossiya muzokaralari haqida “taklif qilinmagani yoki xabardor qilinmaganini” aytdi”, — deb yozadi nashr jurnalisti X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shanba kuni Xorij OAV Amerika manbalariga tayanib, AQShning yuqori martabali amaldorlari yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina muzokarachilari bilan muzokaralarni boshlash uchun Saudiya Arabistoniga borganini xabar qilgan edi.
Aytilishicha, yaqin kunlarda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols yaqin kunlarda davlat kotibi Marko Rubio va prezident Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Biroq AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg uchrashuvda ishtirok etmaydi. Ayni damda Yevropaning yirik davlatlari vakillarini muzokaralarga qo‘shilishga taklif qilish rejalashtirilmagan, deydi manbalar.