TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan kelishuvga olib keladi, dedi AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens "Wall Street Journal" nashriga bergan intervyusida.
"Menimcha, bu ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan kelishuv bo‘ladi", - dedi u.
Shu bilan birga, gazetaning yozishicha, Vens agar tomonlar Ukraina masalasida muvaffaqiyatli kelishuvga erishsa, Moskva bilan munosabatlarni tiklashni taklif qilgan.
Chorshanba kuni Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bir yarim soat davomida telefon muloqoti o‘tkazdi. Yetakchilar Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalalarini muhokama qilgan. Putin va Tramp shaxsiy aloqalarni davom ettirishga, jumladan, shaxsiy uchrashuv tashkil etishga kelishib oldi.
Payshanba kuni Amerika rahbari Rossiya, AQSh va Ukraina yuqori martabali mulozimlarining uchrashuvi 14—16 fevral kunlari va kelasi hafta Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Munxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.
Rossiya pozitsiyasi
O‘tgan yilning iyun oyida Putin mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbuslarini ilgari surgan edi. Rossiya qo‘yidagi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishi mumkinligini aytgan edi:
Ukraina NATOga kirish rejalaridan rasman voz kechadi;
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning yangi hududlarini tark etadi;
Kiyev hukumati demilitarizatsiya va denaziyani amalga oshiradi;
mamlakat neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomga ega bo‘ladi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinadi.
Davlat rahbari shu nuqtayi nazardan Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini ham tilga oldi.