Yevropa Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralarda ishtirok etishi kerak — Germaniya TIV

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina bo‘yicha muzokaralar stolidan joy talab qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Yevropa Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralarda ishtirok etishi kerak. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ma’lum qilindi.
Germaniya, Fransiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa tashqi harakatlar xizmati va Yevropa komissiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng Yevropa Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralarda ishtirok etishi kerakligini aytishdi.
“Biz amerikalik ittifoqchilarimiz bilan keyingi qadamlarni muhokama qilishni intiqlik bilan kutamiz. Bizning umumiy maqsadlarimiz Ukrainani kuchli holatga keltirish bo‘lishi kerak. Ukraina va Yevropa har qanday muzokarada ishtirok etishi kerak. Ukraina qat’iy xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlanishi kerak. Ukrainada adolatli va barqaror tinchlik barqaror transatlantik xavfsizlikning zaruriy shartidir", — deyilgan bayonot matnida.
Shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga tayyorgarlik ham bildirilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina, Yaqin Sharq va uchrashuv — Putin va Tramp nimalar haqida gaplashdi?