TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Kiyevning Ukraina Qurolli kuchlariga yoshlarni shartnoma asosida yollash loyihasi Ukraina xalqini yo‘q qilish va ukrainlik yoshlar uchun “bir tomonga chipta”dir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Ukraina Mudofaa vazirligi 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarni bir yillik shartnoma asosida Ukraina Qurolli kuchlariga jalb qilish loyihasini boshladi.
Dushanba kuni Vladimir Zelenskiy maxsus shartnoma taklif qilib, yoshlarni Ukraina Qurolli kuchlariga jalb qilishni rejalashtirayotganini aytdi: bir yillik xizmat uchun - 24 ming dollar, universitetga imtihonsiz kirish va 0% ipoteka.
“Endi ular 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘z fuqarolarini yo‘q qila boshladilar... Bu kasbiy tayyorgarlikka taklif emas, ular o‘qitiladigan, o‘rgatiladigan odamlar emas. Bu to‘p yemi (porox uchun yem). Bu yana bir yosh guruhini egallash uchun dahshatli, mutlaqo yashirin urinish”, — dedi Zaxarova Sputnik radiosi orqali.
Uning fikricha, Ukrainada yoshlar doimo zaxira kuch sifatida qaralgan. Zelenskiy homiylari qo‘ygan aniq vazifalardan biri Ukraina xalqini yo‘q qilishdir va loyihaning o‘zi ukrainlik yoshlar uchun “bir tomonga chipta”ga aylanadi.