TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi 26-yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun oltita duet ishtirok etgan juftlik musobaqasi yakunlandi. Eng kuchlilar Dmitriy Chigirey va Yekaterina Geynish bo‘lib, ular dasturlarda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatishdi.
“Figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftlifi 176.43 ball jamg‘arib, musobaqada eng yaxshi natijaga erishdilar va qishki Osiyo o‘yinlari chempioniga aylanishdi!”, — deyiladi xabarda.
Umumiy hisobda bu jamoa Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Qozog‘istonni ortda qoldirib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashmoqda. Figurali uchish bo‘yicha Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova ishtirok etmoqda.