O‘zbekiston va YeOII

Chat-bot, tasvir va tavsiya: YeOII aholisi sun’iy intellektga ishonadimi?

Mujchina rabotayet s II. Arxivnoe foto
YeOII fuqarolari o‘rtasida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida yashovchilarning ayrimlari sun’iy intellektda shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligiga ishonmaydi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.
Komissiya YeOII fuqarolari tomonidan sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. YeIK texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiyning so‘zlariga ko‘ra, so‘rovda ittifoq davlatlarining 2 mingga yaqin aholisi ishtirok etdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 37 foizi mijozlar bilan muloqot qilish uchun chat-botlarga, 18 foizi mahsulotlarni tasvir bo‘yicha qidirishga va 14 foizi mahsulot tanlash bo‘yicha tavsiyalarga e’tibor qaratadi.
“Respondentlarning 22 foizi savdoda sun’iy intellektga to‘liq ishonmaydi", — deya aniqlik kiritdi Tatariskiy.
Aytilishicha, iste’molchilarning asosiy tashvishlari bunday texnologiyalar yomon niyatda ishlatilishi mumkinligi bilan bog‘liq. Bu borada respondentlarning 75 foizi o‘z shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligiga ishonchi komil emas.
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 36 foizi tanlash huquqiga ega bo‘lishni xohlaydi va agar xohlasa, sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanishdan bosh tortadi.
“So‘rov natijalari odamlar uchun nima muhimligini tushunish imkonini beradi. Shuningdek, ular bizga YeOII fuqarolari manfaatlarini himoya qilish uchun maqbul yechimlarni topishga yordam beradi”, — dedi Valentin Tatariskiy.
Aziatskaya devushka ispolzuyet biometricheskuyu verifikatsiyu na mobilnom telefone
Inson robot bilan gaplashayotganini bilmaydi: tijoratda sun’iy intellektning o‘rni qanday?