Olimlar ilk marta Antarktida qorlarida mikroplastik topdi

Mikroplastik zarralar Antarktidadagi ba’zi ilmiy bazalar yaqinida topildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Olimlar Antarktida qorlarida mikroplastik zarralar topdi, deb yozadi “Daily Mail” Britaniya Antarktika xizmatiga tayanib.
Mikroplastik zarralar Antarktidadagi ba’zi ilmiy bazalar yaqinida topilgan, bu mikroskopik zarralarning bunday uzoq joylarda birinchi marta topilishi.
“Bunga ustki kiyim yoki lager va uning atrofida xavfsiz marshrutlarni belgilash uchun ishlatiladigan arqonlar va bayroqlar sabab bo‘lishi mumkin”, - dedi ekolog-okeanist doktor Klara Manno.
Maqolaga ko‘ra, topilgan zarrachalarning Antarktidadagi atrof-muhitga ehtimoliy ta’siri bo‘yicha xavotir mavjud, bu yerda import qilinadigan materiallarni nazorat qilishning qat’iy qoidalari tufayli ilgari hech qachon bunday narsa topilmagan.
“Bizning natijalarimiz hatto uzoq va qattiq nazorat qilinadigan hududlarda ham mikroplastik ifloslanishdan dalolat beradi”, - deb ogohlantirdi tadqiqot hammuallifi Kirsti Jons-Uilyams.
Antarktidadagi muz miqdori rekord darajaga tushdi