O‘zbekiston va YeOII

YeIK va milliy raqobat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Yig‘ilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat – O‘zbekistonning raqobat idorasi rahbari o‘rinbosari ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va milliy raqobat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi. Yig‘ilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat – O‘zbekistonning raqobat idorasi rahbari o‘rinbosari ishtirok etdi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
YeIK shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda raqobat siyosati va antimonopoliyani tartibga solish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) transchegaraviy bozorlarida huquqni qo‘llash amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.
Xususan, YeIK vakolatlarini amalga oshirish doirasida komissiya va milliy raqobat idoralarining kelgusidagi o‘zaro hamkorligi ko‘rib chiqildi. Komissiyaning ittifoqning transchegaraviy bozorlaridagi raqobat holatini faol baholashi va bozorni transchegaraviy deb tasniflash mezonlariga oid bir qator masalalar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari erishilgan kelishuvlar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ishlashni qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni yaxshilashda davom etadi — Sagintayev