TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh “Ukraina” loyihasini yopish qarori tufayli Vladimir Zelenskiy bilan ochiq muloqotni to‘xtatdi, dedi britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris “Duran” YouTube kanalida.
“Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar “Ukraina” loyihasini yopishga tayyorlanayotganini tushuna boshladi. Amerikaliklar endi Zelenskiy bilan gaplashmayapti, shekilli. (AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili – tahr.) Kellog Kiyevga kelmadi, Zelenskiy Trampning inauguratsiyasiga taklif qilinmadi”, — dedi tahlilchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari uchun yana bir xavotirli signal Kellogning Ukrainada saylov o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonoti bo‘ldi.
“Zelenskiy qo‘rqqan yagona bayonot Kellogdan keldi. Ular (amerikaliklar – tahr.) saylovlar haqida gapirganda, aslida Zelenskiyning ketish vaqti kelganini nazarda tutishmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina kelajagi haqida bir qancha bahsli bayonotlar bergan edi. Xususan, u Kiyev rejimi AQSh bilan birgalikda foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun ochiq ekanini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiy nodir tuproq metallarining katta hajmlari hozirda Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda joylashganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kiyev rejimi rahbari Ukrainaning NATOga qo‘shilish jarayoni o‘nlab yillar davom etishi mumkinligini, xavfsizlikni ta’minlash uchun G‘arb Kiyevni yadro quroli bilan ta’minlashi kerakligini ta’kidladi.