O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Uzbekistan i Somali ustanovili diplomaticheskie otnosheniya
Somali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommunike imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan Afrika davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.
Uzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Ugandoy
O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi