TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Saudiya Arabistoni mustaqil Falastin davlatini yaratmasdan turib Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni TIVning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Saudiya Arabistoni Podshohligining Falastin davlatini barpo etish bo‘yicha pozitsiyasi qat’iy va o‘zgarmasdir... Saudiya Arabistoni... bu maqsadga erishmasdan turib Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi...”, — deyiladi bayonotda.
Saudiya Arabistonining pozitsiyasi muzokaralar obyekti emas va bu AQShning avvalgi va hozirgi ma’muriyatiga ham ma’lum qilingan, deya ta’kidladi qirollik TIV.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini “buzg‘unchi maydon” deb atab, uning aholisini ko‘chirish yaxshiroq bo‘lardi, deb aytdi. AQSh ko‘chirish harakatlarini moliyalashtirmaydi, dedi Tramp, zarur mablag‘ga ega bo‘lgan Yaqin Sharq davlatlari bu jarayon uchun pul to‘lashi mumkin degan fikrni bildirdi.
Shuningdek, Tramp kelgusi to‘rt hafta ichida Isroil G‘arbiy Sohilda suverenitetga ega bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishga va’da berdi.