O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Podpisano Sovmestnoe zayavlenie ob uglublenii sotrudnichestva na puti k strategicheskomu partnerstvu
Ikki davlat o‘rtasida 10 ga yaqin hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.
“Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
1.
Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
2.
Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
3.
Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
4.
Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
5.
Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
6.
Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
7.
Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
8.
"Aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
9.
2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori v uzkom sostave i s uchastiyem ofitsialnix delegatsiy.
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yangi kelishuvlar amalga oshiriladi — tafsilotlar