Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpurda oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi", — deyiladi xabarda.
Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Malayziya O‘zbekistonda AYoQShlar tarmog‘i va transport-logistika infratuzilmasini yaratmoqchi