Turkiya prezidenti O‘zbekistonning uch vazirini qabul qildi

Erdog‘anga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va maktubi yetkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston tashqi ishlar, investitsiyalar, sanoat va savdo hamda transport vazirlarini qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

“Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan xursandmiz”, - deb yozgan Saidov Telegram-kanalida.

Saidov Erdog‘anga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.
Erdogan prinyal glav MID, MIPT i Mintransa Uzbekistana v Ankare
“Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. Ming yillik tarix, an’ana va urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqlarimiz farovon kelajakni barpo etish yo‘lida bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, - degan Saidov xabarda.
Erdogan prinyal glav MID, MIPT i Mintransa Uzbekistana v Ankare
Eslatib o‘tamiz, kecha Anqarada Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston formatidagi tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Anqara, Boku va Toshkent Ukrainada adolatli tinchlik tarafdori — Turkiya TIV