Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Moskva shahri markazidagi Islom Karimov nomidagi maydonda tadbir bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun Rossiya poytaxtidagi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Moskva shahri markazidagi Islom Karimov nomidagi maydonda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston elchixonasi xodimlari, Migratsiya agentligi vakolatxonasi vakillari va faol vatandoshlar qatnashdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston birinchi prezidenti haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, 2018-yil 18-oktabrda Moskva shahrida Islom Karimov haykali ochilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi