TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida yillik inflyatsiya 2024-yil dekabr yakunlari bo‘yicha Armanistonda 1,5%, Belarusda 5,2%, Qozog‘istonda 8,6%, Qirg‘izistonda 6,3%, Rossiyada 9,5% ni tashkil etdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Yillik inflyatsiya Belarusda 2023-yilning shu davriga nisbatan 0,6 foiz punktga, Qozog‘istonda 1,2 foiz punktga va Qirg‘izistonda – 1,0 foiz punktga sekinlashdi. Narxlar dinamikasining biroz tezlashishi Armaniston va Rossiyada kuzatildi - 2,1 foiz punktga.
Iste’mol narxlari tarkibida Belarus va Qozog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda nooziq-ovqat mahsulotlari, Armaniston, Belarus va Qirg‘izistonda xizmatlar bo‘yicha inflyatsiyaning sekinlashishi qayd etildi.
Iste’mol narxlarining o‘sishini cheklash bo‘yicha hukumatlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar va markaziy (milliy) banklar tomonidan qat’iy monetar shart-sharoitlarni saqlab qolish narxlar barqarorligini saqlashga yordam berdi.