“Harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqadagi mavjud vaziyatni muhokama qilishdan tashqari, biz bir qator muhim hujjatlarni imzolash uchun tayyorladik. Bu 2025-yilga mo‘ljallangan boshqarmalarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rejasi hamda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohada strategik sheriklik dasturidir”, — dedi Belousov O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedov bilan muzokaralar chog‘ida.
“Bu, ayniqsa, bugungi xalqaro vaziyatda muhim ahamiyatga ega. Rossiya va O‘zbekiston rahbarlari ikki davlat xavfsizlik idoralari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bizning hamkorlikdagi ishimiz Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun biz bugungi uchrashuvga katta ahamiyat beramiz”, — dedi Belousov.
“Sizni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan yana bir bor tabriklab, ushbu mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilayman”, — dedi Belousov.