Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimovni Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi”, — deyiladi xabarda.
Bosh vazir matbuot kotibiga ko‘ra, bugun Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Erkinjon Turdimov
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingandi. U prezident farmoni bilan boshqa ishga o‘tgan. Shu yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.