Yamanlik tadbirkor va investorlar o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonidagi tadbirkorlar uchun taqdimot o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yamanlik tadbirkor va investorlar o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonida faoliyat yuritadigan hamda hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirgan yetakchi yamanlik tadbirkor va investorlar uchun taqdimot o‘tkazdi. Unda mamlakatning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida so‘z bordi.
Posolstvo Uzbekistana predstavilo yemenskim predprinimatelyam v Saudovskoy Aravii torgovo-ekonomicheskiy i investitsionniy potensial nashey strani
Ishtirokchilar quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar;
investitsiya imkoniyatlari;
soliq va bojxona imtiyozlari;
iqtisodiyotning muhim tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari hamda islohotlar.
“Tomonlarni qiziqtirgan loyihalar va sohalar bo‘yicha alohida uchrashuvlar tashkil etish hamda O‘zbekistonning ishbilarmon doiralari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish yuzasidan kelishib olindi. Tadbirkorlarning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, taqdimotda tadbirkorlar biznes yuritishning huquqiy jihatlari, logistika, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va investitsiya sohasidagi davlat siyosati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishgan.