O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etishlari mumkin — shartlar

Deti za kompyuterom
Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan Butunjahon maktab olimpiadasi 23-fevral kuni boshlanadi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushi haqidagi bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

“Bu xalqaro intellektual musobaqa bo‘lib, turli mamlakat yoshlarini Ulug‘ Vatan urushi va Ikkinchi jahon urushi voqealarini o‘rganishga jalb etadi. Ishtirokchilar XX asr tarixiga bilim va hurmatni namoyon etgan holda onlayn test sinovlarini topshiradi va maxsus topshiriqlarni bajaradi”, — deyiladi xabarda.

Olimpiada rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi, bu uning xalqaro ishtirokini kengaytiradi va loyihani turli mamlakatlar maktab o‘quvchilari uchun ochiq qiladi.
Birinchi onlayn bosqich 25-fevraldan 21-martgacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari, jasoratlari, asosiy janglari va tarixdagi muhim sanalar haqidagi savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi.
Ikkinchi onlayn bosqich 24-martdan 11-aprelga qadar davom etadi. Kengaytirilgan test blokiga qo‘shimcha ravishda u ijodiy vazifalarni, xususan, tematik videovizitkani yaratishni o‘z ichiga oladi.
Intellektual bellashuvning finali 6-mayga belgilangan. U Moskvada bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar ijodiy topshiriqlarni ham bajarishlari kerak bo‘ladi.
Olimpiadaning asosiy sovrini Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashish imkoniyatidir.