TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yakshanba kuni soat 11:15 (O‘zbekiston vaqti bilan 14:15)da kuchga kirdi. Bu haqda bosh vazir Binyamina Netanyaxuning idorasi Falastinning HAMAS harakatidan ozod etilishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini olganidan keyin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“O‘g‘irlanganlarni ozod qilish rejasiga ko‘ra, G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi doirasidagi o‘t ochishni to‘xtatish soat 11:15 da kuchga kiradi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Netanyaxu idorasi Falastinning HAMAS harakati bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida yakshanba kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini olganini rasman tasdiqlagan edi.