Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Bir kechada Ukrainaning 46 ta droni yo‘q qilindi

Zenitno-raketniy divizion SVO na Avdeyevskom napravlenii
Ukrainaning 46 ta uchuvchisiz uchish apparati tutib olindi va yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kechada Bransk, Kursk, Kaluga, Tula, Belgorod va Voronej viloyatlarida 46 ta Ukraina dronlarini tutib oldi va yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“O‘tgan tun mobaynida navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 46 ta uchuvchisiz uchish apparatini tutib oldi va yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.

Harbiy idoraning aniqlik kiritishicha:
Bransk viloyatida 18 ta;
Kursk viloyatida 11 ta;
Kaluga viloyatida 7 ta;
Tula viloyatida 5 ta;
Belgorod viloyatida 3 ta;
Voronej viloyatida 2 ta dron yo‘q qilindi.
Tula gubernatori Dmitriy Milyayevga ko‘ra, dron hujumidan so‘ng hududda yoqilg‘i-moylash materiallari solingan konteyner yonib ketgan, qurbonlar yo‘q. Kaluga viloyati rahbari Vladislav Shapshaning ma’lum qilishicha, urib tushirilgan dron noturarjoy binosiga qulagan, natijada yong‘in chiqqan. Qurbonlar yo‘q.
Ukraina harbiylari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga harakat qiladi.
Boyevaya rabota raschetov gaubis D-30 v zone SVO
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda