TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Ukrainaning alyansga qo‘shilishini istamaydigan qator NATO davlatlarining pozitsiyasi ajablanarli emas, deb yozdi Janubi-Sharqiy Norvegiya universiteti professori Glenn Dizen X ijtimoiy tarmog‘ida.
"Zelenskiy AQSh, Vengriya, Slovakiya va Germaniya Ukrainani NATOda ko‘rishni istamasligini aytdi. Bu muhokama uchun sabab emas. NATOda Ukraina haqida gapirish mantiqsizlik”, - deydi u.
Dizenning tushuntirishicha, Kiyev rejimi tashkilotga qo‘shilishi bilan alyansni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tortadi, bu esa yadroviy mojaroga olib keladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbuslari bilan chiqqan edi: Moskva zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatadi va Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqilgach, muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi. Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish hamda demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani amalga oshirish niyatidan voz kechishini e’lon qilishi, shuningdek, neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak. Rossiya yetakchisi mamlakatga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini ham tilga olgan edi.