O‘zbekiston elchixonasida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

Rossiya Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoat kengashi a’zosi: O‘zbekiston Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibi har qanday sharoitda davlat oldidagi burchini ado etishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Brifing ishtirokchilariga O‘zbekiston armiyasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi va videofilmlar namoyish etildi.
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy Dnyu zashitnika Otechestva
“So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida O‘zbekiston milliy armiyasi qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgargani, bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qodir qudratli kuchga aylangan”, — dedi O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov tadbirda so‘zlagan nutqida.
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy Dnyu zashitnika Otechestva
Rossiya tomoni vakillari O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini yuqori baholab, o‘z taassurotlari va tabriklari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zbekiston Qurolli Kuchlari nafaqat yaxshi ta’minlangan, balkim uning shaxsiy tarkibi vatanparvar va har qanday sharoitda ham davlat oldidagi burchini ado etishga tayyor”, — dedi “Milliy mudofaa” jurnali bosh muharriri, Rossiya Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoat kengashi a’zosi Igor Korotchenko.
Tadbirda Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari, xorijiy davlatlar harbiy attashelari, harbiy ekspertlar va Rossiya OAVlari vakillari ishtirok etdi.