TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. 2025 yildan boshlab O‘zbekiston uchun Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Rossiya Federal baliqchilik agentligi rahbari o‘rinbosari Andrey Yakovlev bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot olib bordi.
VNIRO i NII ribovodstva podpisali memorandum o sotrudnichestve.
© Press-slujba ministerstva selskogo xozaystva Uzbekistana
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiyada baliqchilik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, Rossiya hukumati tomonidan Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonasida, Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 2025-yildan boshlab O‘zbekiston uchun 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratilishiga kelishildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi baliqchilik sohasidagi Qo‘shma komissiyaning 1-sessiyasining yakuniy bayonnomasini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
VNIRO i NII ribovodstva podpisali memorandum o sotrudnichestve.
© Press-slujba ministerstva selskogo xozaystva Uzbekistana
Uchrashuv yakunida tomonlar baliqchilik va akvakultura sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy, amaliy dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar malakasini oshirish, mutaxassislarni tajriba almashinuvga yuborishga kelishib oldilar.