TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirganini va tomonlar bunday uchrashuvga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
“U (Putin –tahr.) uchrashmoqchi, biz esa tashkillashtirapmiz”, - dedi Tramp Floridadagi qarorgohida jurnalistlarga.
Tramp Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga, bu keyinroq aniqlanishini aytdi.
Dekabr oyida Rossiya prezidenti matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Tramp bilan suhbat va uchrashuvga tayyor ekanligini aytgandi. Agar bu sodir bo‘lsa, ikki prezidentning gaplashadigan gaplari bo‘lishini ta’kidlagandi.
Trampning o‘zi avvalroq Putinning muzokaralarga tayyorligidan xabardor ekanligini, biroq bunday aloqalar Oq uyga rasman qaytganidan keyingina mumkinligini aytgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp o‘rtasida aloqalar bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligini va bu borada amerikalik siyosatchidan “impulslar” bo‘lmaganini aytdi.