TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Misrning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Spespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Misrning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqida fikr almashdilar.
Spespredstavitel Prezidenta Uzbekistana po Afganistanu vstretilsya s poslom Yegipta.
© Ministerstvo inostrannix del Uzbekistana
Elchi Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish va mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.